V-modda. Professor-oʻqituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar va boshqa xizmatchilar
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida (526-son) · Sana: 12.11.1992 · Amalda
16. Universitet professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlarning shtat lavozimlarini Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, xalqaro meʼyorlar va amaliyotga muvofiq mustaqil ravishda belgilaydi.
Ilmiy-pedagog xodimlar lavozimlarini egallash, odatda. shartnoma asosida amalga oshiriladi.
17. Universitetda professor-oʻqituvchilar tarkibi va xodimlarning malakasini oshirishning, shu jumladan, chet ellardagi oʻquv va ilmiy markazlarda ish oʻrganishning turli shakllaridan foydalaniladi.
18. Universitetda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi talablariga muvofiq dissertatsiyalarni himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan kengashlar tashkil etilishi mumkin.
