Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida (O‘RQ-644-son) · Sana: 27.10.2020 · Amalda
Narkologik kasalliklarga chalingan shaxslar narkologik yordamni rad etishi mumkin.
Narkologik yordamni rad etish narkologik kasallikka chalingan shaxsning yoki uning qonuniy vakilining arizasi bilan rasmiylashtirilib, davolovchi shifokor va boʻlim mudirining imzolari bilan tasdiqlanadi.
Narkologik yordamni rad etgan shaxslarga yoki ularning qonuniy vakillariga narkologik yordamni rad etishning ehtimol tutilgan oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirilishi kerak.
Narkologik kasallikka chalingan shaxsni narkologik yordam olishni rad etishga majburlashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-5069150
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 18-modda. Narkologik yordamni rad etish Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash toʻgʻrisida (O‘RQ-644-son). neolex.uz/uz/laws/law-5069152/18 (lex.uz/docs/-5069150)