Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida (O‘RQ-641-son) · Sana: 15.10.2020 · Amalda
Nogironligi boʻlgan shaxslar boshqa fuqarolar bilan teng ravishda fuqarolikni olish va oʻzgartirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab erkin harakatlanish, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketish huquqiga ega, bundan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun qonunchilikda belgilangan cheklovlar mustasno.
Davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalari nogironligi boʻlgan shaxslarni ularning yoshi, jinsi va nogironlik shaklini, shuningdek shaxsiy ehtiyojlarini inobatga oluvchi qoʻllab-quvvatlash hamda xizmatlar koʻrsatish dasturlarining mavjudligi va qulayligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-5049511
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 21-modda. Fuqarolik va erkin harakatlanish huquqi Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida (O‘RQ-641-son). neolex.uz/uz/laws/law-5049549/21 (lex.uz/docs/-5049511)