Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida (O‘RQ-641-son) · Sana: 15.10.2020 · Amalda
Davlat nogironligi boʻlgan bolalarning oilaga va oila muhitiga boʻlgan huquqlarini taʼminlash, ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtiriladigan nogironligi boʻlgan bolalar sonini qisqartirish, ularning oilaviy sharoitlarda va nogironligi boʻlgan bolalarni joylashtirishning boshqa shakllari doirasida qarindoshlarini jalb etish hisobidan muqobil parvarish qilinishini taʼminlash choralarini koʻradi.
Davlat nogironligi boʻlgan bolalarni parvarishlayotgan oilalarga moddiy, maslahatga oid va boshqacha tarzda yordam beradi hamda ularni qoʻllab-quvvatlaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-5049511
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 20-modda. Oilaga va oila muhitiga boʻlgan huquq Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida (O‘RQ-641-son). neolex.uz/uz/laws/law-5049549/20 (lex.uz/docs/-5049511)