8-modda. Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha milliy maʼruzachi
“Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-633-son) · Sana: 17.08.2020 · Amalda
Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha milliy maʼruzachi (bundan buyon matnda Milliy maʼruzachi deb yuritiladi) har yili odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish boʻyicha yuzaga kelayotgan vaziyat hamda koʻrilayotgan choralar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot taqdim etadigan, shuningdek ular toʻgʻrisida jamoatchilikni va xalqaro hamjamiyatni xabardor etish maqsadida ommaviy axborot vositalari uchun brifinglar tashkil etadigan, Oʻzbekiston Respublikasining mazkur sohadagi milliy manfaatlarini xalqaro maydonda himoya qiladigan vakolatli shaxsdir.
Milliy maʼruzachining vazifalarini Milliy komissiya raisi bajaradi.
Milliy maʼruzachi barcha axborot manbalaridan foydalanish, shuningdek odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi tegishli davlat organlaridan, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlaridan axborotni soʻrab olish huquqiga ega.
