28-modda. Odam savdosidan jabrlanganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligi
“Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-633-son) · Sana: 17.08.2020 · Amalda
Odam savdosidan jabrlanganlar, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlar toʻgʻrisidagi va ularga nisbatan sodir etilgan holatlar haqidagi axborot, shuningdek koʻrilayotgan xavfsizlik choralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oshkor etilmaydi.
Ommaviy axborot vositalari odam savdosidan jabrlanganlarning, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsning shaxsini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita koʻrsatuvchi maʼlumotlarni ularning roziligisiz oshkor etishga, odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxsga, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan esa ota-onasining yoki ota-onasi oʻrnini bosuvchi shaxslarning yoxud vasiylik va homiylik organining roziligisiz oshkor etishga haqli emas.
