22-modda. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsning huquqlari
“Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-633-son) · Sana: 17.08.2020 · Amalda
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs:
vaqtinchalik boshpana, tibbiy, psixologik, huquqiy yordam va boshqa zarur yordam olish;
tarjimon xizmatlaridan bepul foydalanish huquqiga ega.
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsga jismoniy va psixologik jihatdan tiklanish hamda unga nisbatan sodir etilgan jinoyat munosabati bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi uchun odam savdosiga qarshi kurashishga doir faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlariga murojaat qilingan kundan eʼtiboran hisoblanadigan oʻttiz sutkadan kam boʻlmagan muddat beriladi.
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
