7-modda. Davlat ovchilik fondi
Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida (O‘RQ-627-son) · Sana: 08.07.2020 · Amalda
Tabiiy erkinlik holatida yashayotgan, shuningdek ov qilish joylariga, shu jumladan ular yetishtirilgan ovchilik xoʻjaligidan tashqariga qoʻyib yuborilgan yovvoyi hayvonlar davlat mulkidir va Davlat ovchilik fondini tashkil etadi.
Fermalarda, pitomniklarda, inkubatorlarda, baliqchilik pitomniklarida va hovuz xoʻjaliklarida saqlanayotgan va (yoki) yetishtiriladigan yovvoyi hayvonlar Davlat ovchilik fondiga kirmaydi hamda fermalar, pitomniklar, inkubatorlar, baliqchilik pitomniklari va hovuz xoʻjaliklari qaysi shaxslarga tegishli boʻlsa, oʻsha shaxslarning mulki boʻladi.
Yovvoyi hayvonlardan foydalanish huquqi barcha toifadagi yerlar va suv obyektlariga egalik qilish, ulardan foydalanish hamda ularni tasarruf etish huquqidan ajratilgandir.
