6-modda. Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida (O‘RQ-627-son) · Sana: 08.07.2020 · Amalda
Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
ovchilik resurslarining va ov qilish joylarining muhofaza qilinishini, ulardan oqilona foydalanilishini, ularning saqlanishini taʼminlash;
davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
davlat tomonidan normalar belgilash;
ovchilik turizmini rivojlantirish;
ov qilishni hamda ovchilik xoʻjaliklarini rivojlantirishga investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish;
davlat nazoratini amalga oshirish;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
