36-modda. Ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari toʻgʻrisidagi axborot bazasi
Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida (O‘RQ-627-son) · Sana: 08.07.2020 · Amalda
Ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari toʻgʻrisidagi axborot bazasi yangilab turiladigan quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
ovchilik xoʻjaliklari toʻgʻrisidagi;
ov qilish taqiqlangan joylar haqidagi;
yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ajratilgan kvota toʻgʻrisidagi;
ovchilik xoʻjaligiga va insonning xoʻjalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi deb eʼtirof etilgan yovvoyi hayvonlar haqidagi;
muayyan ov qilish joylarida ov qilish uchun taqiq belgilanganligi toʻgʻrisidagi;
yovvoyi hayvonlarning ayrim turlariga nisbatan ov qilish uchun taqiq belgilanganligi haqidagi;
muayyan jinsdagi va yoshdagi yovvoyi hayvonlarga nisbatan ov qilish uchun taqiq belgilanganligi toʻgʻrisidagi.
Ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari toʻgʻrisidagi axborot bazasi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
