24-modda. Ov mahsuloti
Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida (O‘RQ-627-son) · Sana: 08.07.2020 · Amalda
Quyidagilar ov mahsulotidir:
yovvoyi hayvonlar — quruqlikda, suvda, atmosferada va tuproqda yashovchi, xonakilashtirilmagan umurtqasizlar, baliqlar, ham suvda, ham quruqlikda yashovchi hayvonlar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar;
yovvoyi hayvonlarning yashash faoliyati mahsulotlari — yovvoyi hayvonlarning yashash faoliyati natijasida hosil boʻlgan asal, yogʻ, goʻsht, sut, tuxum, mum, uvildiriq, zahar, safro, moʻyna, shoxlar, patlar, terilar va boshqa mahsulotlar.
Yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomaga muvofiq qoʻlga kiritilgan ov mahsuloti berilgan ruxsatnomaning haqi toʻlanganidan keyin ovchining mulki boʻladi.
Ov mahsulotini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi. Ov mahsulotining tutilganligi yoki qoʻlga kiritilganligi qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz mazkur mahsulotni olib kirish, olib chiqish, tashish va joʻnatish taqiqlanadi.
