14-modda. Yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish
Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida (O‘RQ-627-son) · Sana: 08.07.2020 · Amalda
Yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish yovvoyi hayvonlarning soni darajasini va populyatsiyasi tuzilmasini maqbul holatda saqlab turish maqsadida amalga oshiriladi.
Yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish yovvoyi hayvonlarni tutish (otish, tutib olish), shuningdek yovvoyi hayvonlarning sonini koʻpaytirishga, yovvoyi hayvonlar oʻrtasida yuqumli kasalliklar tarqalishiga qarshi kurashga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish yovvoyi hayvonlarning boshqa turlariga zarar yetkazilishini istisno etadigan, shuningdek yovvoyi hayvonlarning yashash muhiti, boʻlish va urchish joylari, ularning koʻchib oʻtish yoʻllari muhofaza qilinishini taʼminlaydigan usullar bilan amalga oshirilishi kerak.
Soni tartibga solinishi lozim boʻlgan yovvoyi hayvonlarning turlari hamda yovvoyi hayvonlarning sonini tartibga solish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish usullari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan, yovvoyi hayvonlar oʻrtasida yuqumli kasalliklar belgilari aniqlangan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi bilan kelishuvga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
