12-modda. Yovvoyi hayvonlarning sonini va tutiladigan yovvoyi hayvonlarni hisobga olish
Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida (O‘RQ-627-son) · Sana: 08.07.2020 · Amalda
Yovvoyi hayvonlarning sonini hisobga olish maydon birligiga nisbatan yovvoyi hayvonlar sonini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi. Yovvoyi hayvonlarning sonini hisobga olish yagona uslubiyotlar boʻyicha oʻtkaziladi hamda ov qilishni rejalashtirish va ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun asos boʻladi.
Ovchilik xoʻjaliklari hududida yovvoyi hayvonlarning sonini hisobga olishni ovchilik xoʻjaliklari, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻzlariga biriktirilgan ov qilish joylari hududlarida, tabiiy suv havzalarida, baliqchilik pitomniklarida va hovuz xoʻjaliklarida amalga oshiradi.
Tutiladigan yovvoyi hayvonlarni hisobga olish tutilgan yovvoyi hayvonlarning turlari boʻyicha sonini aniqlash uchun amalga oshiriladi hamda ov qilish joylarining mahsuldorligini va yovvoyi hayvonlar turlarining zaxiralarini aniqlash, kelgusida yovvoyi hayvonlarni oʻzining yashash muhitidan ajratib olishni rejalashtirish uchun asos boʻladi.
Tutiladigan yovvoyi hayvonlarni hisobga olishni ovchilik xoʻjaliklari, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻzlariga biriktirilgan ov qilish joylarining hududlarida, tabiiy suv havzalarida, baliqchilik pitomniklarida va hovuz xoʻjaliklarida tutilgan yovvoyi hayvonlarni ovchilik xoʻjaliklarining maxsus daftarlarida, shuningdek ovchilik yoʻllanmalaridagi (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkalaridagi) belgilar boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish orqali amalga oshiradi.
