32-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalarining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida (632-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari:
1) chet ellarda doimiy yashab turgan shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalarni qabul qiladi;
2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga doir arizani asoslash maqsadida keltirilgan dalil va hujjatlarni tekshiradi;
3) fuqarolik masalalariga doir arizalarni zarur hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga yoʻllaydi;
4) chet elda doimiy yashab turgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlaydi;
5) chet elda doimiy yashab turgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganligini qayd etadi;
6) Oʻzbekiston Respublikasining chet elda doimiy yashab turgan fuqarolarini hisobga oladi.
