31-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida (632-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va tegishli vakolatlar berilgan unga boʻysunuvchi idoralar:
1) Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga oid arizalarni qabul qiladi;
2) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi masalalariga doir arizani asoslash maqsadida keltirilgan dalil va hujjatlarni tekshiradi;
3) fuqarolik masalalariga doir arizani zarur hujjatlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha Komissiyaga yoʻllaydi;
4) Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlaydi;
5) Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan hollarni qayd etadi.
