2-modda. Teng fuqarolik
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida (632-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi fuqarolikni olish asoslaridan qatʼi nazar barcha uchun tengdir.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari kelib chiqishlaridan, ijtimoiy va mulkiy holatidan, irqi va millatidan, jinsi, maʼlumoti, tilidan, dinga munosabatidan, siyosiy va boshqa eʼtiqodlaridan, mashgʻulotining turi va sajiyasi hamda boshqa holatlardan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining teng huquqliligi iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy turmushning barcha sohalarida taʼminlanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasining fuqarosi ayni bir vaqtda Oʻzbekiston Respublikasining ham fuqarosidir.
