1-modda. Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida (632-XII-son) · Sana: 02.07.1992 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi shaxs bilan davlatning doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi, bu aloqa ularning oʻzaro huquqlari va burchlarida ifodalanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida har bir kishi fuqaro boʻlish huquqiga egadir. Hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni oʻzgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz idoralari va mansabdor shaxslari orqali Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oldida masʼuldir, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi esa davlat oldida masʼuldir.
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida oʻz fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qiladi.
