Havo qatnovi toʻgʻrisida · Sana: 05.10.2009 · Amalda
1. Ahdlashuvchi Tomonlarning aviatsiya maʼmuriyatlari mazkur Bitim qoidalari va ilova qilingan jadvallarni qoʻllash va ularga lozim darajada rioya qilishni taʼminlash maqsadida vaqti-vaqti bilan yaqin hamkorlik ruhida maslahatlashuvlar oʻtkazadilar hamda ularga oʻzgartirishlar kiritish zarur boʻlganda bir-birlari bilan maslahatlashadilar.
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon yozma ravishda maslahatlashuvlar oʻtkazishni soʻrashi mumkin, basharti har ikki Ahdlashuvchi Tomon muddatni uzaytirishga kelishib olmasalar, maslahatlashuvlar soʻrov olingan sanadan boshlab oltmish (60) kun ichida boshlanishi lozim.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-4833041
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 17-modda. Maslahatlashuvlar Havo qatnovi toʻgʻrisida. neolex.uz/uz/laws/law-4833914/17 (lex.uz/docs/-4833041)