“109-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (470-II-son) · Sana: 24.04.2003 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarining, Hukumatning va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;
2) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa beradi;
3) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;
4) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham koʻrib chiqadi.
Konstitutsiyaviy sudning qarorlari matbuotda eʼlon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi. Ular qatiy va ular ustidan shikoyat qilish mumkin emas.
Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyat koʻrsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.
