“107-modda.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (470-II-son) · Sana: 24.04.2003 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasida sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha oliy sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy va xoʻjalik sudlaridan iborat.
Sudlarni tashkil etish va ularning faoliyat koʻrsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.
Favqulodda sudlar tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi”.
