8-modda
Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 15.04.2019 · Amalda
1. Soʻralayotgan Tomon, soʻrayotgan Tomonning iltimosiga koʻra, soʻrovnoma kelib tushganlik fakti, uning mazmuni va unga ilova qilinadigan hujjatlar, shuningdek, mazkur Bitim doirasida yordam koʻrsatilganlik faktining maxfiyligini taʼminlash uchun zaruriy choralarni koʻradi.
Soʻrovnomani maxfiyligini saqlagan holda bajarish imkoni boʻlmasa, soʻralayotgan Tomon soʻrayotgan Tomonni bu haqda xabardor qiladi, soʻrayotgan Tomon esa soʻrovnomani bunday shartlarda bajarish yoki bajarmaslik masalasini hal qiladi.
2. Soʻrovnomalar ijrosining natijalaridan ularni taqdim etgan Tomonning roziligisiz soʻralgan va taqdim etilgandan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas.
3. Mazkur Bitimga asosan bir Tomon tarafidan olingan maʼlumotlarni uchinchi tomonga berish uchun bunday maʼlumotlarni taqdim etgan boshqa Tomonning oldindan roziligi talab qilinadi.
4. Tomonlar mazkur Bitim asosida, shuningdek, Tomonlar davlatlarining qonunchiligi va ular davlatlari ishtirokchisi boʻlgan xalqaro shartnomalariga muvofiq yuboriladigan va bajariladigan soʻrovnomalar doirasida almashiladigan jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning himoya qilinishini taʼminlaydilar. Tomonlar, shuningdek, jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tasodifiy yoʻqotish, ulardan ruxsatsiz foydalanish, ularni oʻzgartirish yoki tarqatishdan himoya qilishni taʼminlaydilar.
5. Mazkur Bitimning amal qilishi tugatilgan taqdirda, mazkur moddaning soʻrovnoma kelib tushganlik fakti, uning mazmuni va unga ilova qilinadigan hujjatlarning, shuningdek, yordam koʻrsatilganlik faktining maxfiyligini taʼminlash uchun zaruriy choralarni koʻrishga doir qoidalari Tomonlar uchun amal qilishda davom etadi.
