7-modda
Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 15.04.2019 · Amalda
Quyidagilar mazkur Bitimni amalga oshirish boʻyicha vakolatli organlar hisoblanadi:
Qozogʻiston Tomonidan — Qozogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
Oʻzbekiston Tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati.
Vakolatli organlarning nomlari va vazifalari oʻzgargan taqdirda, Tomonlar bu haqda zudlik bilan bir-birlarini diplomatik kanallar orqali xabardor qiladilar.
Tomonlar oʻz davlatlari ishtirokchi hisoblanadigan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida ham hamkorlik qiladilar.
