5-modda
Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 15.04.2019 · Amalda
1. Soʻralayotgan Tomon soʻrovnoma oʻttiz (30) kalendar kun ichida tez va toʻliq bajarilishini taʼminlash uchun barcha zarur choralarni koʻradi.
Soʻralayotgan Tomon soʻrovnomaning bajarilishiga toʻsqinlik qiluvchi yoki uning bajarilishini sezilarli darajada kechiktiradigan holatlar haqida soʻrayotgan Tomonni darhol xabardor qiladi.
2. Soʻralayotgan Tomon soʻrovnomani lozim darajada bajarish uchun zarur deb hisoblangan qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilishga haqli.
3. Soʻrovnomani bajarish soʻralayotgan Tomon davlatining qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Agar soʻralayotgan Tomon soʻrovnomani bajarish oʻz davlatida amalga oshiralayotgan jinoiy taʼqib yoki jinoyat ishlari yurituviga halaqit berishi mumkin deb hisoblasa, u soʻrovnomani bajarishni keyinga qoldirishi yoki uning bajarilishini soʻrayotgan Tomon bilan maslahatlashuvdan soʻng zarur deb topilgan shartlarga rioya qilish bilan bogʻlashi mumkin. Agar soʻrayotgan Tomon soʻrovnomaning bunday shartlarda bajarilishiga rozi boʻlsa, ularga rioya qilishi lozim.
5. Soʻralayotgan Tomon soʻrovnomani bajarish natijalari haqda soʻrayotgan Tomonni darhol xabardor qiladi.
