7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi vakolatlari
“Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-614-son) · Sana: 07.04.2020 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
metrologiyaga oid faoliyat sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
metrologiyaga oid faoliyat sohasida davlat dasturlarini tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
oʻz vakolatlari doirasida metrologiyaga oid faoliyat sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qiladi;
metrologiyaga oid faoliyat sohasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
kattalik birliklarining nomlari va belgilari, ularni yozish va qoʻllash qoidalarini, metrologiya tekshiruvi va nazorati tartibini, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida oʻtkazilgan oʻlchash vositalarini sinash va metrologik attestatsiyadan oʻtkazish, qiyoslash, kalibrlash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibini belgilaydi;
oʻlchash natijalari davlat ahamiyatiga ega boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlari roʻyxatini tasdiqlaydi.
