6-modda. Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
“Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-614-son) · Sana: 07.04.2020 · Amalda
Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
metrologiyaga oid faoliyatni xalqaro talablar asosida rivojlantirish;
investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda ularni ishlab chiqarish amaliyoti bilan integratsiya qilish;
metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
ilgʻor innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini ragʻbatlantirish;
notoʻgʻri oʻlchash natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasida oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash tizimi ishlashi va rivojlanishini, uning xalqaro birliklar tizimi va boshqa mamlakatlarning kattalik birliklari tizimlari bilan uygʻunlashuvini taʼminlash;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
