4-modda. Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi asosiy vazifalar
“Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-614-son) · Sana: 07.04.2020 · Amalda
Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasida oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash;
ishonchsiz oʻlchash natijalarining oldini olish;
xolis, ishonchli va solishtiriladigan oʻlchash natijalariga boʻlgan ehtiyojlarni qondirish;
oʻlchash natijalarining milliy va (yoki) xalqaro etalonlargacha metrologik kuzatiluvchanligini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining rivojlanishiga va ilmiy-texnik taraqqiyotiga koʻmaklashish.
