15-modda. Kattalik birliklarining etalonlari
“Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-614-son) · Sana: 07.04.2020 · Amalda
Kattalik birliklari etalonlar vositasida saqlanadi va qayta hosil qilinadi.
Etalonlar orqali qayta hosil qilinadigan kattalik birliklari xalqaro birliklar tizimining birliklariga qadar metrologik kuzatiluvchanlikni taʼminlashi kerak.
Maxsus vakolatli davlat organining qarori bilan milliy etalon Oʻzbekiston Respublikasi hududida muayyan kattalik birligining oʻlchamini belgilash uchun birlamchi etalon sifatida eʼtirof etiladi.
Milliy etalonlarni xususiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va qoʻllash tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan oʻrnatiladi.
