38-modda. Maxsus bojxona rejimi
Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida (O‘RQ-604-son) · Sana: 17.02.2020 · Amalda
Maxsus bojxona rejimida quyidagilar nazarda tutiladi:
bojxona toʻlovlari stavkalarini vaqtincha bekor qilish yoki pasaytirish;
eksportga yoki importga nisbatan notarif cheklovlarni bekor qilish, yengillashtirish.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari tomonidan eksport qilinayotgan yoki import qilinayotgan tovarlarni bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar qoʻllanilgan holdagi bojxona rasmiylashtiruvi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Maxsus iqtisodiy zona hududida maxsus bojxona rejimini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maxsus bojxona rejimi tovarlarning maxsus iqtisodiy zonalar hududi orqali tranzit qilinishiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Maxsus bojxona rejimi raqobatsiz muhitni shakllantirishga olib kelmasligi kerak.
