24-modda. Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi
Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida (O‘RQ-604-son) · Sana: 17.02.2020 · Amalda
Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi maxsus iqtisodiy zonaning faoliyat koʻrsatishi va boshqarilishini taʼminlash uchun tashkil etiladigan davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxsdir.
Maxsus iqtisodiy zona direksiyasi:
maxsus iqtisodiy zona hududida maxsus huquqiy rejimning amal qilishini taʼminlaydi;
salohiyatli investorlar va maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari bilan hamkorlikni, shu jumladan investitsiya buyurtmanomasini koʻrib chiqishni, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun zarur ruxsatnomalar berishni “yagona darcha” prinsipi asosida tashkil etadi;
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini monitoring qiladi, shuningdek maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari tomonidan investitsiya bitimiga kiritilgan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
maxsus iqtisodiy zonani rivojlantirish dasturi amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilarining reyestrini yuritadi;
maxsus iqtisodiy zona hududida ekologik nazorat, shuningdek madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni tashkillashtiradi;
maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilari bilan shartnomalar asosida marketing xizmatlari, shuningdek mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda targʻib qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi;
maxsus iqtisodiy zonaga investorlarni jalb etish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi;
maxsus iqtisodiy zona hududida amalga oshirish uchun investitsiya loyihalarini saralab olishni amalga oshiradi;
maxsus iqtisodiy zona ishtirokchilariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksionga chiqarish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
maxsus iqtisodiy zonaning muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasi qurilishi boʻyicha loyihalarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini tashkil etadi;
maxsus iqtisodiy zona direksiyasining yillik daromadlar va xarajatlar smetasini koʻrib chiqadi hamda tasdiqlaydi;
investorlarni, maxsus iqtisodiy zonaning ishtirokchilarini axborot bilan taʼminlaydi, shu jumladan ularning davlat organlari va boshqa tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlarini tashkil etadi;
maxsus iqtisodiy zona hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion vositasida ijaraga, shuningdek maxsus iqtisodiy zona hududidagi binolar va inshootlarni egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga beradi;
