9-modda. Farqlanish
Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida (270-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Kuchini yo'qotgan
Seleksiya yutugʻi talabnoma topshirilgan sanada boshqa har qanday barchaga maʼlum seleksiya yutugʻidan aniq-ravshan farqlanishi lozim.
Basharti seleksiya yutugʻiga boshqa mamlakatda himoya hujjati berish haqida talabnoma topshirilgan va unga muvofiq patent yoki shunga oʻxshash himoyaning boshqa bir shakli berilgan boʻlsa yoxud seleksiya yutugʻi shu mamlakatning seleksiya yutuqlari rasmiy reyestriga kiritilgan boʻlsa, seleksiya yutugʻi talabnoma topshirilgan sanada barchaga maʼlum deb hisoblanadi.
Barchaga maʼlumlik:
keyinchalik koʻpaytirish, saqlash maqsadlarida yetishtirish, takror yetishtirish, konditsiyaga yetkazish va yuqorida sanab oʻtilgan maqsadlarda asrash natijasida barchaga maʼlum bilim darajasining bir qismiga aylangan seleksiya yutugʻiga nisbatan;
sotishga taklif etilgan, sotilgan, mamlakatga olib kirilgan yoki mamlakatdan olib chiqib ketilgan seleksiya yutugʻiga nisbatan aniqlanadi.
