8-modda. Yangilik
Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida (270-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Kuchini yo'qotgan
Basharti urugʻlik, koʻchat yoki nasl mahsuloti patent berish haqida talabnoma topshirilgan kundan eʼtiboran:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida — kamida bir yil oldin;
boshqa davlat hududida — kamida toʻrt yil yoki agar tok, yogʻochbop, manzarali, mevali daraxtlar va oʻrmon oʻsimliklariga taalluqli boʻlsa, kamida olti yil oldin seleksiyachi, uning huquqiy vorisi tomonidan yoki uning roziligi bilan sotilmagan va foydalanish uchun boshqa shaxslarga berilmagan boʻlsa, yangilik hisoblanadi.
