41-modda. Majburiy litsenziya
Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida (270-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Kuchini yo'qotgan
Basharti patent egasi patent yoki guvohnoma berilgan sanadan eʼtiboran uch yil davomida seleksiya yutugʻidan Oʻzbekiston Respublikasida foydalanmasa hamda litsenziya shartnomasi tuzishni rad etsa va agar mazkur seleksiya yutugʻidan foydalanmaslik jamiyat manfaatlariga daxl qilsa, bu seleksiya yutugʻidan foydalanishni istaydigan shaxs oʻziga maxsus boʻlmagan majburiy litsenziya berishni soʻrab ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.
Majburiy litsenziya uning egasiga patent egasidan dastlabki urugʻlik, koʻchat yoki nasl materialini olish huquqini beradi.
Majburiy litsenziya seleksiya yutugʻidan yoʻl qoʻyiladigan uslubda va litsenziyaga muvofiq foydalanilishini taʼminlay oladigan shaxsgagina beriladi.
Majburiy litsenziya patent egasining himoya qilinayotgan seleksiya yutugʻidan foydalanishiga yoki seleksiya yutugʻidan foydalanish litsenziyasini boshqa shaxsga berishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Patent idorasi majburiy litsenziyalar berilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi.
