15-modda. Patent yoki guvohnoma berish haqida talabnoma topshirish
Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida (270-I-son) · Sana: 30.08.1996 · Kuchini yo'qotgan
Patent yoki guvohnoma berish haqidagi talabnoma seleksiyachi, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorislari tomonidan Patent idorasiga topshiriladi.
Arizachi birinchi talabnoma topshirilgan davlat organi himoya hujjati berishini kutib turmay, boshqa davlatlarning vakolatli organlariga talabnoma topshirishi mumkin.
Talabnoma shaxsan, Patent idorasida roʻyxatga olingan patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali berilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasida doimiy turar joyiga yoki joylashgan eriga ega boʻlmagan boshqa davlatlarning fuqarolari va yuridik shaxslari, ularning patent vakillari yoki ishonchli shaxslari himoya hujjatlari olish va ularni oʻz kuchida saqlash borasidagi ishlarni Oʻzbekiston Respublikasining patent vakillari orqali olib boradilar. Patent vakilining vakolatlari unga arizachi yoki ishonchli shaxs bergan ishonchnoma bilan tasdiqlanadi.
