7-modda. Investitsiya resurslari
Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-598-son) · Sana: 25.12.2019 · Amalda
Investitsiya resurslari jumlasiga quyidagilar kiradi:
pul mablagʻlari (shu jumladan chet el valyutasi) va boshqa moliyaviy mablagʻlar, shu jumladan kreditlar, paylar, ulushlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlar;
koʻchar va koʻchmas mol-mulk (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklar) hamda ularga boʻlgan huquqlar;
intellektual mulk obyektlari, shu jumladan u yoki bu turdagi ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur boʻlgan, texnik hujjatlar, koʻnikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida rasmiylashtirilgan, patentlangan yoki patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlar;
yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar, boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlari, shuningdek mulk huquqlaridan kelib chiquvchi boshqa ashyoviy huquqlar.
