11-modda. Investorning majburiyatlari
Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-598-son) · Sana: 25.12.2019 · Amalda
Investor:
soliqlar va toʻlovlarni toʻlashi;
investitsiya qilish munosabati bilan oʻzi qabul qilgan shartnoma majburiyatlarini bajarishi;
qonunchilik talablariga, shu jumladan raqobat toʻgʻrisidagi, korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi, investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisidagi, mehnat toʻgʻrisidagi, shaharsozlik toʻgʻrisidagi, atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga, shuningdek texnika xavfsizligiga, sanitariya normalari va qoidalariga rioya etishi;
shartnoma shartlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi sababli investitsiya faoliyati ishtirokchisiga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashi;
vakolatli davlat boshqaruvi organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining oʻz vakolatlari doirasida qoʻyiladigan talablarini bajarishi shart.
