12-modda. Oʻz tasarrufida maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻlgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining vakolatlari
Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida (O‘RQ-595-son) · Sana: 16.12.2019 · Amalda
Oʻz tasarrufida maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻlgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari:
maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishini taʼminlaydi;
maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi tarmoq dasturlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishuvga koʻra oʻz tasarrufidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini qayta tashkil etadi va tugatadi.
Oʻz tasarrufida maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻlgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
