11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining maktabgacha taʼlim va tarbiya sohasidagi vakolatlari
Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida (O‘RQ-595-son) · Sana: 16.12.2019 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
maktabgacha boʻlgan yoshdagi bolalarga davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida bepul malakali tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminlaydi;
oʻz vakolatlari doirasida maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijro etilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda bolaning yoshiga va fiziologik ehtiyojlariga mos keladigan, ratsional hamda mutanosib ovqatlanishi uchun maktabgacha taʼlim tashkilotidagi tabiiy mahsulotlar toʻplamini belgilaydi;
alohida taʼlim olish ehtiyojlari boʻlgan bolalarni sogʻlomlashtirishga qaratilgan davolash-sogʻlomlashtirish, reabilitatsiya, sanitariya-gigiyena va profilaktika tadbirlarini oʻtkazadi;
maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtkazilishini tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
