3-modda. 2020-yilda budjet jarayoni ishtirokchilari oʻrtasida budjet vakolatlarini taqsimlashning oʻziga xos xususiyatlari
2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida (O‘RQ-589-son) · Sana: 09.12.2019 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari (bundan buyon matnda Oliy Majlis palatalari deb yuritiladi):
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan (bundan buyon matnda respublika budjeti deb yuritiladi) ajratiladigan mablagʻlarni tasdiqlaydi;
respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlar miqdorlarini tasdiqlaydi;
respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlarga ushbu Qonunga muvofiq oʻzgartirishlar kiritadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi):
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining loyihasini tayyorlashda hamda respublika budjetidan mablagʻlarni ajratishda asos sifatida foydalanish uchun birinchi va ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar roʻyxatini tasdiqlaydi;
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini tasdiqlaydi;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan vakolatlar doirasida birinchi va ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun budjetdan ajratilgan mablagʻlarga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni maʼqullaydi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlari tegishli ravishda:
a) quyidagilarni tasdiqlaydi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetidan, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan budjet mablagʻlarining cheklangan miqdorlarini;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan, viloyatlar viloyat budjetlaridan va Toshkent shahri shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi budjetlararo transfertlarning cheklangan miqdorlarini;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar viloyat budjetlari, Toshkent shahri shahar budjeti, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarining prognozini maʼqullaydi;
