2-modda. Asosiy tushunchalar
2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida (O‘RQ-589-son) · Sana: 09.12.2019 · Amalda
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan qonun bilan belgilangan miqdorda ajratiladigan budjet mablagʻlarini taqsimlovchi yuridik shaxs;
ikkinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga biriktiriladigan va oʻziga ajratiladigan budjet mablagʻlarini taqsimlovchi yuridik shaxs;
umumiy fiskal balans — Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjetini hamda davlat dasturlarini amalga oshirish uchun chetdan jalb qilingan va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan qarz mablagʻlari evaziga amalga oshiriladigan xarajatlarni oʻz ichiga olgan jamlanma balans;
hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchi — oʻz tasarrufida Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan, viloyatlar viloyat budjetlaridan, Toshkent shahri shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan mablagʻ oluvchi tashkilotlarga ega boʻlgan yuridik shaxs, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetidan, viloyatlar viloyat budjetlaridan va Toshkent shahri shahar budjetidan, tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkiloti yoki budjet mablagʻlari oluvchi.
