19-modda. 2020-yil uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari, tumanlar va shaharlar budjetlari daromadlarini shakllantirishning oʻziga xos xususiyatlari
2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida (O‘RQ-589-son) · Sana: 09.12.2019 · Amalda
Quyidagi soliq turlari tumanlar va shaharlar budjetlariga toʻliq oʻtkaziladi:
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi;
jismoniy shaxslardan olinadigan yer soligʻi;
jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan yillik daromadlari boʻyicha deklaratsiyaga asosan toʻlanadigan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan daromad soligʻi;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan soliq mustasno;
qurilish materiallari boʻyicha yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq, bundan sement xom ashyosi va sement ishlab chiqarishda foydalaniladigan ohaktosh mustasno.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetiga, viloyatlar viloyat budjetlariga va Toshkent shahri shahar budjetiga quyidagilar toʻliq oʻtkaziladi:
yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi;
yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi;
elektr stansiyalari tomonidan toʻlanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
yakuniy isteʼmolchilarga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz realizatsiya qilishdagi aksiz soligʻi;
aylanmadan soliq;
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda davlat bojlari (patent boji va litsenziya berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari);
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladigan jarimalar;
ayrim tovarlarning chakana savdosiga beriladigan huquq uchun undiriladigan yigʻimlar;
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladigan boshqa yigʻimlar (bojxona yigʻimlaridan tashqari);
avtotransport vositalarini xarid qilganlik uchun ularni ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtkazish chogʻida avtotransport egalari (foydalanuvchilari) tomonidan toʻlanadigan yigʻimlar;
qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulk, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aktivlari boʻyicha ajratmalar va dividendlar;
qonunchilikda belgilangan miqdorlarda davlat aktivlarini ijaraga berish va xususiylashtirishdan tushadigan daromadlar;
