4-modda. Volontyorlik faoliyatining maqsad va vazifalari
Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-585-son) · Sana: 02.12.2019 · Amalda
Volontyorlik faoliyatining maqsadlari jismoniy va yuridik shaxslarga, umuman jamiyatga yordam koʻrsatish, atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarda ularni tashkil etuvchilarning roziligi bilan ishtirok etish, jamiyatda fuqarolik nuqtai nazarini, oʻzini oʻzi tashkil etishni, ijtimoiy masʼuliyat, birdamlik, oʻzaro yordam berish va rahm-shafqat tuygʻularini shakllantirishdan iboratdir.
Volontyorlik faoliyatining vazifalari quyidagilardan iborat:
fuqarolarni aholining turmush sifatini yaxshilashga qaratilgan turli xil jamoat faoliyatiga jalb etish mexanizmlarini shakllantirish;
ijtimoiy vazifalarni hal etishda jamiyatga yordam koʻrsatish;
volontyorlik faoliyatini tashkil etishga qaratilgan fuqarolik tashabbuslarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash;
aholida sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish, vatanparvarlik tuygʻusini tarbiyalash;
fuqarolar tomonidan ijtimoiy vazifalarni hal etish uchun oʻzini oʻzi namoyon etish va oʻzini oʻzi tashkil etish koʻnikmalarini olish.
