14-modda. Volontyorlik tashkilotining faoliyati
Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida (O‘RQ-585-son) · Sana: 02.12.2019 · Amalda
Volontyorlik tashkiloti volontyorlik dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi hamda volontyorlik faoliyati tashkilotchisi bilan birgalikda yoki volontyorlarni jalb qilgan holda mustaqil ravishda volontyorlik aksiyalarini oʻtkazadi.
Volontyorlik tashkiloti volontyorlarni muvofiqlashtiruvchini tayinlaydi, u oʻz faoliyatini ushbu Qonunning 13-moddasiga muvofiq amalga oshiradi.
Volontyorlik tashkiloti volontyorlarni oʻqitish uchun taʼlim faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni jalb etish, maxsus seminarlar, ishchi uchrashuvlar va volontyorlarning uchrashuvlarini oʻtkazish huquqiga ega.
Volontyorlik tashkiloti qonunchilikda belgilangan tartibda volontyorlarni ragʻbatlantirishni amalga oshiradi, shuningdek eng koʻp oʻzini koʻrsatgan volontyorlarni ragʻbatlantirish va (yoki) mukofotlash uchun nomzodlarni maxsus vakolatli davlat organiga volontyorlik faoliyatining tashkilotchisiga, shu jumladan volontyorlik faoliyatining tashkilotchisi boʻlmagan davlat organlariga belgilangan tartibda taqdim etadi.
Volontyorlik tashkiloti nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi shart.
