“23-modda. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakilni va uning oʻrinbosarlarini ijtimoiy himoya qilish
Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-583-son) · Sana: 12.11.2019 · Amalda
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil — maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport taʼminoti shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosariga, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosarlari — maqomi, mehnatga haq toʻlash va tibbiy taʼminoti shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining shuʼba mudiriga tenglashtiriladi”.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261-modda, № 9, 592-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartish kiritilsin:
1) 373-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil ishda ishtirok etgan-etmaganligidan qatʼi nazar, qonuniy kuchga kirgan, mazkur ish yuzasidan qabul qilingan hal qiluv qarori, ajrim va qaror ustidan shikoyat qilishga haqli, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar mustasno”;
2) 403-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan nizolar bundan mustasno sudning qonuniy kuchga kirgan, apellyatsiya tartibida koʻrilmagan hal qiluv qarori ustidan, u qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida kassatsiya tartibida shikoyat qilishi va prokuror protest keltirishi mumkin”.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda, № 5, 261, 266-moddalar, № 9, 592-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
