“14-modda. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarni oʻtkazishda Palataning ishtirok etishi
Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-583-son) · Sana: 12.11.2019 · Amalda
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun Palata:
ularning faoliyatini tekshirishlarda bevosita ishtirok etadi;
oʻtkaziladigan tekshiruvlarning qonuniyligi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning tekshirishlar yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlari ustidan shikoyat qiladi”.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan OʻRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 5, 265-modda, № 8, 470-modda) 72-moddasi 2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “davlat veterinariya boʻlimlari” degan soʻzlar “veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi OʻRQ-363-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 12, 352-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 9, 591-modda) 11-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
birinchi qismdagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismning sakkizinchi xatboshisidagi “Davlat veterinariya qoʻmitasi” degan soʻzlar “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻgʻrisida”gi OʻRQ-440-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 8, 384-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
