673-modda. Markaziy bank islomiy moliya kengashining faoliyati
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-582-son) · Sana: 11.11.2019 · Amalda
Markaziy bankda besh nafar aʼzodan iborat boʻlgan Markaziy bankning islomiy moliya kengashi tashkil etiladi.
Markaziy bankning islomiy moliya kengashi Markaziy bank nazorat qilishi kerak boʻlgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan islomiy moliya faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kollegial organ hisoblanadi.
Markaziy bank islomiy moliya kengashining faoliyati Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi.
Markaziy bank islomiy moliya kengashining aʼzolari Markaziy bank boshqaruvi tomonidan tayinlanadi.
Markaziy bank islomiy moliya kengashining vakolatlari va faoliyati reglamenti, uning huquqiy maqomi, shuningdek ushbu Kengash aʼzolariga nisbatan talablar Markaziy bank boshqaruvi tomonidan belgilanadi.
