672-modda. Banklardagi omonatlarni kafolatlash tizimining ishlashiga doir Markaziy bankning vazifalari va vakolatlari
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-582-son) · Sana: 11.11.2019 · Amalda
Markaziy bank banklardagi omonatlarni kafolatlash tizimi ishlashi yuzasidan quyidagilarni belgilaydi:
banklar tomonidan Omonatlarni kafolatlash jamgʻarmasiga badallar toʻlash tartibini;
Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan kafolatlangan omonatlar boʻyicha kompensatsiyalar toʻlash tartibi va shartlarini, shu jumladan kafolatlangan omonatlar boʻyicha kompensatsiya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatini, shuningdek ularni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablarni;
omonatlarni kafolatlash tizimi toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilish tartibi va shartlarini.
Omonatlarni kafolatlash jamgʻarmasi mablagʻlarining taqchilligi yuzaga kelganda Markaziy bank likvidlilikni taʼminlash uchun Omonatlarni kafolatlash agentligiga uch oygacha boʻlgan muddatga kredit berishi yoki islomiy moliya vositalarini qoʻllashi mumkin.
