61-modda. Markaziy bankning nazoratga doir vazifalari
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-582-son) · Sana: 11.11.2019 · Amalda
Nazoratga doir vazifalarini amalga oshirish uchun Markaziy bank:
kredit tashkilotlari uchun moliyaviy operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy va nazoratga doir hisobotlarni, shu jumladan yillik hisobotni tuzish hamda taqdim etish, tavakkalchiliklarini baholash hamda ularning faoliyatini nazorat qilish uchun zarur boʻlgan axborotni taqdim etish boʻyicha majburiy boʻlgan qoidalarni;
faoliyatni va operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari, valyuta birjalari va kredit byurolari uchun majburiy boʻlgan qoidalarni;
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan hollarda foydani taqsimlash uchun banklar tomonidan Markaziy bankning roziligini olish tartibini;
konsolidatsiya chegaralarini (perimetrini) va usullarini aniqlash tartibini;
banklar guruhining asosiy banki tomonidan banklar guruhining faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan konsolidatsiyalashgan hisobotni va axborotni tuzish hamda Markaziy bankka taqdim etish tartibini;
banklar guruhining ishtirokchilari tomonidan banklar guruhining asosiy bankiga banklar guruhining faoliyati toʻgʻrisidagi konsolidatsiyalashgan hisobotni tuzish uchun zarur boʻlgan oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish tartibini;
banklarning hamda banklar guruhlarining ichki nazoratiga va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimiga, shuningdek banklardagi korporativ boshqaruvga, shu jumladan banklarning kuzatuv kengashlari aʼzolarining mustaqilligiga doir talablarni;
islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarda islomiy moliya standartlariga muvofiq boʻlgan boshqaruv tizimini tashkil etishga doir talablarni;
kredit tashkilotlari, toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari va banklar guruhlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazoratga doir talablarni;
banklarning va banklar guruhlarining moliyaviy ahvolini tiklash rejalarining mazmuniga hamda ularni yangilashga doir talablarni, ularni taqdim etish va baholash tartibini;
