34-modda. Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-582-son) · Sana: 11.11.2019 · Amalda
Bozorning foiz stavkalari va bank tizimidagi likvidlilik darajasiga taʼsir koʻrsatish maqsadida Markaziy bank ochiq bozorda:
Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlarini, shuningdek Markaziy bankning oʻzi chiqargan obligatsiyalar tarzidagi qarz majburiyatlarini;
Markaziy bankning qaroriga koʻra boshqa qimmatli qogʻozlarni sotib olishi va sotishi mumkin.
Markaziy bank Davlat budjetini moliyalashtirish uchun ochiq bozordagi operatsiyalardan foydalanishga, Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari birlamchi joylashtirilganda ularni sotib olishga haqli emas.
Markaziy bankning ochiq bozordagi operatsiyalari limiti Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
