33-modda. Tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-582-son) · Sana: 11.11.2019 · Amalda
Likvidlilikning vaqtinchalik taqchilligi yuzaga kelganda toʻlovlarning uzluksizligini taʼminlash maqsadida Markaziy bank likvidlilikni saqlab turish uchun toʻlovga qobiliyatli va barqaror tijorat banklariga olti oygacha boʻlgan muddatga qisqa muddatli kreditlar tarzida tezkor yordam berishga haqli. Mazkur kreditlar boʻyicha foiz stavkasi Markaziy bankning boshqa kreditlariga doir amaldagi stavkalardan kam boʻlmasligi va u bankning aktivlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Tijorat banki favqulodda qoʻllab-quvvatlash kreditlarini olish uchun Markaziy bankka mazkur kreditni oʻz vaqtida toʻlash va likvidlilik holatini tiklash boʻyicha tadbirlar rejasini taqdim etishi kerak.
Mamlakatning moliyaviy tizimi barqarorligiga tahdid tugʻilgan alohida hollarda Markaziy bank boshqaruvining qarori bilan kreditni nisbatan yuqori foiz stavkasida bir yilgacha boʻlgan muddatga berishga yoʻl qoʻyiladi.
Markaziy bank islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarning likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun islomiy moliya vositalaridan foydalanishga haqli.
