“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-582-son) · Sana: 11.11.2019 · Amalda
Markaziy bank boshqaruvi toʻqqiz nafar kishidan iborat boʻladi.
Markaziy bank raisi Markaziy bank boshqaruvining raisi boʻladi. Markaziy bank boshqaruvining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Markaziy bank boshqaruvi tarkibiga Markaziy bank raisi, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, shuningdek boshqaruvning ikki nafar mustaqil aʼzosi kiradi.
Markaziy bank boshqaruvining mustaqil aʼzolari Markaziy bank raisining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-4590452
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 19-modda. Markaziy bank boshqaruvining tarkibi “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-582-son). neolex.uz/uz/laws/law-4590456/19 (lex.uz/docs/-4590452)